Abstract:
Tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq infeksiyalar (TYoBBI) bemorlar va tibbiyot xodimlari salomatligi uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Ushbu maqolada TYoBBIni epidemiologik nazorat qilish va oldini olishning zamonaviy yondashuvlari, xalqaro amaliyot va qo‘shni davlatlar tajribasi tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda infeksiya nazorati sohasidagi mavjud holatga baho berilgan. TYoBBIga qarshi samarali kurashishda kompleks yondashuv, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorgarligini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi