Abstract:
Tibbiyot ta’limi dunyo bo‘yicha akademik bosim, amaliyot majburiyatlari, imtihonlar va yuqori talablar bilan ajralib turadi, bu esa talabalarda stress holatining yuqori prevalensiyasiga olib keladi. Turli tadqiqotlarda tibbiyot talabalari orasida stress prevalensiyasi 30% dan 94% gacha o‘zgarishi qayd etilgan, bunda imtixonlar, akademik yuklama va klinik amaliyotlar asosiy omillar sifatida ajralib turadi. Tibbiyot ta’limida stress talabalarning psixologik barqarorligi, uyqu sifati va o‘quv samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan.