Abstract:
Neft va gaz sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri
hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi xodimlar og‘ir ishlab chiqarish sharoitlarida,
uzoq muddatli navbatchilik va vaxta asosida ishlaydilar. Bu esa ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan turli epidemiologik xavfli omillar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.