Abstract:
Mazkur maqolada shaxs tushunchasining psixologik mazmuni, uning shakllanish jarayoni hamda indi
vidual-psixologik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shaxs biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy
munosabatlar tizimida shakllanadigan ongli va faol subyekt sifatida talqin etiladi. Unda temperament, xarakter, qobiliyat,
motivatsiya va emotsional soha kabi asosiy psixologik komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, shaxs
rivojlanishiga ta’sir etuvchi irsiy omillar, ijtimoiy muhit hamda tarbiya jarayonining o‘rni alohida ko‘rib chiqiladi. Psixologik
nazariyalar asosida shaxsning o‘zini anglash, o‘zini boshqarish va ijtimoiy moslashuv mexanizmlari izohlanadi. Maqolada
shaxs psixologiyasining zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari hamda uning amaliy ahamiyati, xususan ta’lim, tarbiya va kasbiy
faoliyatdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi.