Abstract:
Mazkur maqolada shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L.) o‘simligining morfometrik parametrlarini
baholash va ularning ekologik omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida
populyatsiyalardagi o‘simliklarning poya balandligi, ildiz uzunligi, barglar soni, generativ
novdalar miqdori hamda yer ustki va yer ostki biomassasi kabi asosiy ko‘rsatkichlar o‘lchandi.
Shuningdek, morfometrik belgilar tuproq namligi, sho‘rlanish darajasi va agroekologik
sharoitlarga nisbatan qiyosiy o‘rganildi.