Abstract:
Ushbu maqolada bolalarda odontogen yallig‘lanish kasalliklarini
erta aniqlash va davolash samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt va zamonaviy
raqamli texnologiyalarni integratsiyalashgan model asosida qo‘llash imkoniyatlari
tahlil qilinadi. Taklif etilgan model raqamli rentgen,CBCT tasvirlari va elektron tibbiy
ma’lumotlar bazalarini mashinaviy o‘qitish algoritmlari bilan birlashtirish orqali
diagnostika aniqligini oshiradi,yallig‘lanish jarayonini prognoz qiladi va davolash
strategiyasini optimallashtiradi. Integratsiyalashgan yondashuv shifokorlarga
individual davolash rejasini ishlab chiqish, kasallikning qaytalash xavfini oldindan
baholash va terapevtik qarorlarni tezkor qabul qilish imkonini beradi.Bundan tashqari,
tizim statistik tahlil va katta ma’lumotlar bazasini shakllantirish orqali pediatrik
stomatologiyada ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyat samaradorligini oshiradi.Ushbu
yondashuv zamonaviy stomatologiya va axborot texnologiyalarining uzviy
integratsiyasi natijasida klinik amaliyot sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini
beradi.