Abstract:
Ushbu maqolada qandli diabet bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i sog‘lig‘i, ayniqsa
tish kariesining oldini olish muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mobil ilovalar asosida ishlab
chiqilgan interaktiv raqamli tizimning samaradorligi o‘rganildi. Sinov 7–12 yoshdagi diabetik
bolalar o‘rtasida olib borilib, mobil ilovadan foydalanishdan oldin va keyingi holat natijalari
taqqoslandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mobil ilova orqali nazorat qilish tish kariesi
xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va og‘iz gigiyenasi holatini yaxshilaydi.