Abstract:
Maqolada pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda mediakompetentlikni
shakllantirishda raqamli resurslardan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Mediakompetentlik
o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida eng muhim ko‘nikmalardan biri bo‘lib, uning rivojlanishi
o‘quvchilarda media madaniyatni shakllantirishga ham bevosita ta’sir qiladi. Raqamli resurslar —
onlayn platformalar, interaktiv darsliklar, multimediya materiallari va mobil ilovalar — ta’lim jarayonini
individuallashtirish, o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish va mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini
kengaytiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli resurslardan samarali foydalanish
mediakompetentlikni oshirish bilan birga o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini ham kuchaytiradi.