Abstract:
So‘nggi o‘n yilliklarda global iqlim o‘zgarishlari, biologik xilma
xillikning kamayishi, tabiiy resurslarning tugab borishi va inson faoliyati natijasida
yuzaga kelayotgan ekologik inqirozlar insoniyat tafakkurini tubdan o‘zgartirish
zaruratini yuzaga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy ekologik falsafa —
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni yangicha falsafiy, axloqiy va ijtimoiy
nuqtai nazardan qayta anglashni maqsad qilgan ilmiy yo‘nalish sifatida
shakllanmoqda.