Abstract:
Mazkur maqolada o‘zbek tilining tibbiyot ta’limi tizimidagi o‘rni, tibbiy
terminlarni talabalarga o‘rgatish jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari
yoritilgan. Tibbiy terminologiyani o‘zlashtirish tibbiyot oliygohlarida tahsil olayotgan
talabalar uchun kasbiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Maqolada lotin
va yunon tilidan kirib kelgan terminlarning talaffuzi va ma’nosini tushunishdagi
qiyinchiliklar, qisqartmalarni to‘g‘ri talqin qilish hamda o‘zbek tilida muqobil terminlar
yaratish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, tibbiy tilni o‘qitishda interfaol usullar,
terminologik lug‘atlar tuzish, elektron platformalardan foydalanishning samarasi ko‘rsatib
o‘tilgan. Til fanini mutaxassislik fanlari bilan integratsiya qilish orqali tibbiy terminlarni
chuqurroq o‘zlashtirish va amaliy faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati ta’kidlangan. Maqola
tibbiy ta’limda o‘zbek tilining o‘quv va kasbiy ahamiyatini yuksaltirishga qaratilgan.