Abstract:
revmatoid artritli bemorlarda yurak-qon tomir tizimi buzilishlarining dastlabki bosqichlarida yurak ritmining buzilishini aniqlash. Material va usul- lar: 1-sonli ko‘p tarmoqli poliklinikaning revmatologi- ya bo‘limida revmatoid artrit tashxisi qo‘yilgan 140 nafar bemor (82% ayollar, 18% erkaklar) tekshirildi. Bemorlarning o’rtacha yoshi 45,8±1,2 yoshni tashkil etdi. Tekshirilayotgan bemorlarda kasallikning davomiyligi 1 yildan 30 yilgacha, o’rtacha 9,3±6,2 yilni tashkil etdi. Barcha bemorlarga standart klinik, laboratoriya, instru- mental va immunologik tadqiqotlar, shuningdek, eko- kardiyografi va 24 soatlik Xolter EKG monitoringi o’tka- zildi. Natijalar: revmatoid artritli bemorlarning 60-65% da EKGda miokard distrofiyasi, ba’zilarida esa revmatoid miokardit, revmatoid amiloidoz yoki revmatoid koronar kasalligi aniqlangan. Xulosa: Xolter EKG yordamida 24 soatlik EKG monitoringi an’anaviy EKGga qaraganda bir oz farqli va aniqroq natijalar beradi.