Abstract:
tizza bo’g’imlarining osteoartriti bo’lgan be- morlarda umumiy oligomerik matritsa oqsili darajasini yaxshilashga qaratilgan terapevtik usulning samarador- ligini baholash. Material va usullar: tadqiqotda 54,5±4,4 yoshli tizza bo’g’imlari osteoartriti bilan og’rigan 50 na- far bemor ishtirok etdi, ular asosiy va nazorat guruhlar- iga bo’lingan. Asosiy guruhdagi bemorlar oligomerik matritsa oqsili darajasini pasaytirishga qaratilgan davo- lanishni oldilar; nazorat guruhidagi bemorlar an’anaviy davolashdan foydalanganlar. Natijalar: tizza bo’g’imla- rining osteoartritini davolash uchun tavsiya etilgan usul bo’g’imlarning funktsional qobiliyatlarini yaxshilash va saqlashda muhim rol o’ynaydigan oligomerik matritsa oqsilining tarkibini yanada samarali kamaytiradi. Davo- lash an’anaviydan farq qiladi. Xulosa: tavsiya etilgan davolash usuli funksionallikni yaxshilash va saqlashda muhim rol o’ynaydi.