Abstract:
Ushbu maqolada fizika fanini tibbiy bilimlar asosida tarixiylik yondashuvi bilan o‘qitish metodikasi yoritildi. Fizik qonun va tushunchalarning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishining tarixiy bosqichlari tahlil qilinib, tibbiy hamda fizik kashfiyotlarning o‘zaro uyg‘un holda rivojlanishi misolida o‘quvchilarga yetkazish mexanizmlari asoslab berilgan. Mazkur yondashuv bo‘lajak shifokorlarning fizika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy tafakkurini rivojlantirish hamda kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.