Abstract:
Profilaktik tibbiyot — bu ahli salomatligini muhofaza qilish va yaxshilash, kasalliklarning oldini olish va xavf omillarini bartaraf etishga qaratilgan tibbiy va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui. U tibbiy aralashuvlarni, qulay ish va yashash sharoitlarini yaratish, dam olish va jismoniy tarbiya, turli guruhlar uchun sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, farovonlik va yashash sharoitlarini yaxshilashni o‘z ichiga oladi.