Abstract:
Qulay shahar muhitini shakllantirish muammosi mamlakatni rivojlantirish
milliy dasturlarida belgilangan jamiyatning ustuvor maqsadlaridan biridir. Ushbu
muammoning ahamiyati shahar aholisi sonining o‘sishi bilan bog‘liq holda oshdi.
Milliy dasturlarda asosiy e’tibor ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga
qaratilgan. Shu bilan birga, yashash sharoitlarini belgilovchi shaharlardagi atrof
muhitning gigiyenik tavsifi shahar muhitini shakllantirishni tartibga soluvchi
hujjatlarga to‘liq kirmaydi.