Abstract:
O‘zbekiston Respublikasida chiqindilar bilan bog‘liq ekologik muammo dolzarbligicha qolmoqda. Ushbu tezisda chiqindilarni boshqarish sohasidagi asosiy qonun hujjatlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va 2024–2026-yillarda qabul qilingan takomillashtirish choralari tahlil etiladi. So‘nggi yillarda amaliy natijalar (poligonlar yopilishi, rekultivatsiya, qayta ishlash ulushining o‘sishi) asosida mavjud normativ-huquqiy bazaning samaradorligi baholanadi.