Abstract:
Zamonaviy sharoitda aholi salomatligini saqlash va kasalliklarning oldini olishda profilaktik tibbiyotning o‘rni tobora ortib bormoqda. Profilaktik yondashuvlarda tabiiy manbalardan, xususan dorivor o‘simliklardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Dorivor o‘simliklar tarkibidagi biologik faol moddalar inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, immunitetni mustahkamlash, yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish hamda turli kasalliklarning oldini olishda keng qo‘llaniladi.