Abstract:
Hozirgi kunda aholi salomatligini saqlash va kasalliklarni profilaktika qilishda
insonni o‘rab turgan muhit omillarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa,
yopiq binolar ichki muhiti sifati, jumladan mehmonxona majmualaridagi havo
muhiti gigiyenik holati muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki inson
kun davomining katta qismini yopiq joylarda o‘tkazadi va bu muhitning sifati uning
salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.