Abstract:
Mazkur maqolada tibbiyot oliygohlari talabalari
orasida kasbiy stress va psixoemotsional zo‘riqish sharoitida professional rus tilini o‘qitishning psixologik asoslari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida talabalarning stress
ko‘rsatkichlari hamda kommunikativ kompetensiya darajasi baholanib, integrativ o‘qitish metodikasining samaradorligi statistik tahlil orqali aniqlab chiqildi. Olingan
natijalar psixologik asoslangan til o‘qitish talabalarning
emotsional barqarorligini kuchaytirishi va kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlashiga dalil bo‘ldi.