Abstract:
Ushbu adabiyotlar sharxida qandli diabet 2-turi va kognitiv buzilishlarni potensial bogʻlab
turadigan zamonaviy konsepsiya mexanizmlari keltirilgan. Epidemiologik, vizualizatsion, autopsiya
va klinik tekshiruvlarga asoslangan tadqiqotlarda qandli diabt 2-turi va kognitiv buzilishlarni bogʻlab
turuvchi mexanizmlar oʻrganilgan. Diabetning ogʻir darajasi koʻp hollarda qondagi qand miqdorining
notoʻliq nazorati bilan aloqador boʻlib, miyadagi nerv hujayralariga ta’sir qilish orqali kognitiv
buzilishlarga olib keladi. Shu bilan birga koʻpgina tadqiqotlarda bosh miya tuzilishi va faoliyatidagi
oʻzgarishlar giperglikemiya natijasida nishon organlarning zararlanishi, yirik qon tomir kasalliklari,
gipoglikemiya, insulinga rezistentlik amiloid zararlanish kognitiv buzilishlar rivojlanishida
ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.