Abstract:
Ushbu maqolada 2-toifa qandli diabet (QTD)da organizmda
oksidativ stress jarayonlari, ularning molekulyar mexanizmi va diabet
patofiziologiyasiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, yuqori glyukoza darajasi, yog‘li kislotalar va yallig‘lanish
mediatorlari mitoxondriya faoliyatini buzadi va natijada reaktiv kislorod turlari
(ROS) hosil bo‘ladi. Ushbu jarayon endoteliyal disfunktsiya, pankreatik β-
hujayralarining yo‘qolishi, insulin qarshiligi va mikro/makrovaskulyar asoratlar
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Maqola oksidativ stress mexanizmi va klinik
oqibatlarni birlashtirgan holda, kasallikning oldini olish va boshqarish bo‘yicha
amaliy tavsiyalarni beradi.