Abstract:
Ushbu maqolada qurilish sohasida faoliyat yurituvchi payvandchilarning mehnat sharoiti va ish
jarayonida inson organizmida yuzaga keladigan fiziologik o‘zgarishlar tahlil qilingan. Payvandlash ishlari yuqori
harorat, infraqizil nurlanish, metall bug‘lari hamda gazlar ta’sirida amalga oshiriladi. Bu omillar payvandchilar
sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, nafas olish tizimi, ko‘rish organlari, teri hamda yurak-qon tomir tizimida turli
funksional o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Maqolada mehnat sharoitini yaxshilash, ish qobiliyatini oshirish
va ishchilarda umumiy hamda kasb kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqish
uchun asos bo‘ladi