Abstract:
Ushbu maqolada kasalxona ichi infeksiyalarini oldini olish usullarini optimallashtirishning
zamonaviy yondashuvlari gigiyenik, epidemiologik va tashkiliy jihatlari asosida yoritilgan. Shifoxona muhitidagi
mikrobiologik ifloslanish, sanitariya-profilaktik rejimga rioya etish darajasi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan
profilaktik chora-tadbirlarni bajarish samaradorligi kabi asosiy xavf omillari tahlil qilingan. Infeksion nazorat
tizimini takomillashtirish, samarali monitoring usullarini joriy etish va kompleks profilaktik strategiyalarni qo‘llash
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish bemorlar xavfsizligini
oshirish, kasallanish ko‘rsatkichlarini kamaytirish hamda tibbiy xizmat sifati yaxshilanishiga xizmat qilishi ko‘rsatib
o‘tilgan