Abstract:
Ushbu maqolada turli tarkibli chiqindilarni ko‘mish poligonlarining ish samaradorligini
gigiyenik jihatdan baholash usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda poligonlarda chiqindilarni joylashtirish, saqlash va
zararsizlantirish jarayonlarining sanitariya me’yorlariga muvofiqligi tahlil qilindi. Atrof-muhitga ta’sir etuvchi
omillar, jumladan tuproq, havo va yer osti suvlarining ifloslanish darajasi o‘rganildi. Shuningdek, poligonlarning
ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan gigiyenik va ekologik tavsiyalar ishlab chiqildi.