Abstract:
Mazkur maqolada 1989–1990-yillar oxiri va mustaqillikning ilk
yillarida O‘zbekiston jamiyatida yuz bergan ijtimoiy-ma’naviy
o‘zgarishlar fonida Buxoro viloyati adabiy muhitining shakllanish
va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet
davridan qolgan ijodiy an’analar bilan mustaqillik davri
talablarining to‘qnashuvi, avlodlar o‘rtasidagi ijodiy
munosabatlar, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari
hamda adabiy jarayonda yuz bergan mazmun va shakl yangilanishi
yoritilgan. Maqolada mustaqillik davrining murakkab ijtimoiy
sharoitlariga qaramay, hududiy adabiy muhitda uzviylik va
davomiylik saqlanib qolganligi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.