Abstract:
Mazkur maqolada O‘zbekiston tarixshunosligida adabiy muhit tushunchasining
tarixiy tadqiq etilishi masalasi Buxoro adabiy muhiti misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot 1990–1999-
yillar – mustaqillikning dastlabki va o‘tish davri sharoitida hududiy adabiy muhitning institutsional,
ijtimoiy va madaniy transformatsiyasini yoritishga qaratilgan. Maqolada adabiy muhit faqat badiiy
jarayon emas, balki muayyan tarixiy sharoitda shakllangan ijtimoiy-madaniy institut sifatida talqin
qilinadi