Abstract:
Mazkur maqolada 1990-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Buxoro viloyati bo‘limining huquqiy maqomi va institutsional faoliyatida yuz bergan
o‘zgarishlar tarixiy-analitik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet davriga xos
markazlashgan va mafkuraviy boshqaruv tizimining barham topishi natijasida hududiy
adabiy institutlarning yangi huquqiy sharoitga moslashuvi jarayoni yoritiladi. Xususan,
1991–1993-yillarda Buxoro bo‘limining davlat idorasidan nisbatan mustaqil ijodiy-jamoat
tashkilotiga aylanish bosqichlari, huquqiy va moliyaviy noaniqliklar sharoitida adabiy
muhitni saqlab qolish mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqola Buxoro adabiy muhitini
mustaqillik davridagi institutsional transformatsiyaning hududiy modeli sifatida talqin
etadi.