Abstract:
Mazkur maqolada mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro viloyati adabiy
muhitida yuz bergan institutsional, tashkiliy va mazmuniy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Xususan,
Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limining sovet davridan meros bo‘lib qolgan boshqaruv
tizimidan mustaqil ijodiy-jamoat tashkiloti sifatida shakllanish jarayoni yoritiladi. Maqolada
1991–1990-yillar o‘rtalarida Buxoro adabiy muhitining rivojlanish xususiyatlari, tashkiliy tuzilma
va kadrlar masalasi, ijodiy muhitning barqarorligini ta’minlash yo‘lidagi muammolar ilmiy
jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot hududiy adabiy muhitni o‘tish davri modeli sifatida baholashga
xizmat qiladi.