Abstract:
Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) maktab yoshidagi bolalar orasida keng
uchraydigan alimentar bog‘liq kasallik bo‘lib, ularning jismoniy rivojlanishi, intellektual
salohiyati hamda ta’lim samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda bolalar
populyatsiyasida mikronutriyent yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasalliklar ko‘rsatkichining
oshishi epidemiologik monitoringni kuchaytirishni talab etmoqda. Farg‘ona vodiysi hududining
demografik zichligi, ovqatlanish an’analari va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari TTA tarqalishini
chuqur o‘rganishni dolzarb masalaga aylantiradi