Abstract:
Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) bolalar populyatsiyasida eng keng tarqalgan
mikronutriyent yetishmovchiligi bo‘lib, jismoniy rivojlanish, kognitiv faoliyat va akademik
ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladi. Maktab yoshidagi bolalarda kasallikning og‘irlik
darajalari bo‘yicha taqsimoti epidemiologik jarayonning chuqurligi va erta diagnostika tizimining
samaradorligini aks ettiradi. Demografik zichligi yuqori bo‘lgan Farg‘ona vodiysida TTA ning
strukturaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hududiy sog‘liqni saqlash siyosatini optimallashtirish
uchun muhim ilmiy asos yaratadi