Abstract:
Tadqiqot maqsadi. Ichak ta’sirlanish sindromida yuzaga
keladigan ruhiy hissiy buzilishlarni o’rganish va unda ratsional
emotiv psixoterapiya usuli va psixofarmakoterapiyani birgalikda
qo’llash.
Tadqiqot material va usullari. Tadqiqot ishlari 2019-2020
yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi gastroentrologiya
bo’limida olib borildi. Ichak ta’sirlanish sindromi tashhisi bilan
davolabemorlar tahlil qilindi. Tekshiruvda 42 nafar bemorda
olib borildi. Bemorlar o’rta yoshi 29±3.5 dan iborat. Erkaklar 18
nafar, ayollar 24 nafar bo’lgan. Bemorlar ikki guruxga ajratilgan
xolda olib borildi: asosiy gurux 21 bemor bazis davo bilan
birgalikda psixofarmakoterapiya va ratsional-emotiv psixterapiya
o’tkazildi; nazorat guruxi 21 bemor bazis terapiya bilan birgalikda
psixofarmakoterapiya o’tkazildi.