Abstract:
Deyarli butun dunyoni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi millionlagan
insonlat hayotiga zomin bo’ldi va mana besh o’tib ham ilmiy doiralarda dolzarbligini yo’qotmay
kelmoqda. COVID-19 pandemiyasi o’zidan keyin keng tarqalgan psixoemotsional va psixosomatik
asoratlar qoldirdi. Bularning ichida surunkali insomniya bilan birgalikda namoyon bo’ladigan
xavotirli-fobik va xavotirli-depressiv buzilishlar alohida o’rin tutadi. Bunday buzilishlarning erta
psixodiagnostikasi va psixoterapiyasi bemorlarning asoratsiz tuzalib ketishiga va hayor sifati
oshishiga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot ishi COVID-19 o’tkazgan bemorlarda surunkali insomniya
bilan komorbid holda uchraydigan xavotirli-fobik va xavotirli-depressiv buzilishlarning o’ziga xos
hususiyatlarini ochishga hamda kognitib-bixebioral terapiya (KBT-I) samaradorligini o’rganishga
qaratilgan. .