Abstract:
Mazkur tezisda surunkali insomniyaning klinik-psixologik tuzilmasi, uning
shakllanishiga ta'sir etuvchi psixologik omillar hamda bemorlarning emotsional va kognitiv
holatidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Shuningdek, surunkali insomniyani korreksiya qilishda
qo‘llaniladigan zamonaviy psixokorreksiya yondashuvlari, jumladan, kognitiv-xulq-atvor
terapiyasi, relaksatsiya texnikalari, uyqu gigiyenasi va psixoedukatsiyaning samaradorligi ilmiy
adabiyotlar asosida yoritilgan. Tadqiqot natijalari kompleks klinik-psixologik yondashuv
bemorlarning uyqu sifatini yaxshilash, psixoemotsional holatini barqarorlashtirish va hayot
sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.