Abstract:
Maqsad: Surxondaryo viloyati aholisida oshqozon-
ichak kasalliklarini rivojlanishiga sabab bo‘luvchi xavf
omillarini o‘rganish. Material va usullar: Surxondaryo
viloyati Termiz shahridagi ko‘p tarmoqli viloyat tibbiyot
markazining gastroenterologiya bo‘limida davolangan
200 nafar bemor (asosiy guruh) va bir xil sharoitda yashovchi
200 nafar sog‘lom shaxslar (nazorat guruhi) kuzatildi.
Natijalar: mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarning
kasallanishi tarkibida oshqozon-ichak kasalliklari
yetakchi o’rinni egallaydi. Shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan
keng reklama qilingan dori-darmonlarni
o’z-o’zidan qabul qilish kasallikning kuchayishiga olib
keladi. Xulosa: mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarda
oshqozon-ichak kasalliklariga ta’sir etuvchi xavf omillarini
har tomonlama chuqur o’rganish aholining turmush tarzi
omillari va turmush sharoitini yaxshilash, birinchi navbatda,
oilalarning tibbiy faolligini oshirish bo’yicha faol chora-
tadbirlar ko’rish zarurligini ko’rsatadi.