Abstract:
Maqsad: komorbid patologiyali erta osteoartritning klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganish tadqiqotimizning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Materiallar va usullar: tadqiqotga jami 150 nafar bemor
kiritilib, ularning demografik, klinik va funksional ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tekshirilgan bemorlarning yoshi 30
dan 60 yoshgacha bo‘lib, o‘rtacha yosh 48,61 ± 4,7 yilni
tashkil etdi. Natijalar: olingan natijalar komorbid patologiyali erta osteoartritli bemorlarda kasallikning klinik
va metabolik jihatdan og‘irroq kechishini ko‘rsatdi. Ushbu
guruhda og‘riq intensivligi (VAS), funksional cheklanish
(WOMAC) hamda hayot sifati pasayishi (KOOS) komorbidsiz bemorlarga nisbatan ishonchli darajada yuqori bo‘ldi
(p<0,001). Shuningdek, komorbid bemorlarda sistemali
yallig‘lanish markerlari (CRO, ECHT), uglevod almashinuvi buzilishi (HbA1c, HOMA-IR) va tog‘ay degradatsiyasini aks ettiruvchi biomarkerlar (COMP, MMP-3, CTX-II)
darajalari sezilarli oshgani aniqlandi. Xulosa: komorbid
patologiya erta osteoartrit patogenezida mustaqil modifikatsiyalovchi omil sifatida ishtirok etishini, metabolik disfunksiya va sistemali yallig‘lanish orqali struktura
zararlanishni kuchaytirishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Bu
esa klinik amaliyotda komorbid fenotipni alohida stratifikatsiya qilish, metabolik omillarni korreksiya qilish
zarurligini ko‘rsatadi