Abstract:
Tibbiyot deontologiyasi — tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, dori-darmon, umuman davoning
taʼsirini oshirishga karatilgan xulq atvor taomillari hisoblanadi. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi
haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan tibbiyotga kiritilgan.
Tibbiyot deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoq tarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy mazmunga
ega boʻlib, asosan quyidagi shaxslar orasidagi muammolarni o’rganadi : shifokor bilan bemor oʻrtasidagi , shifokor
bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat , shifokor va uning hamkasblari bilan munosabati shular jum
lasidandir. Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saqlashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi uchun tibbiyot xodimin
ing javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga
muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun bu
tun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan maʼlumotlarni aytishi, bemorning
vrach bilan sirdosh boʻlishiga erishuvi zarur. Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida toʻgʻri joriy qilinishi,
shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas
bogʻliq. Tibbiyot deontologiyasi tibbiyot xodimlaridan yuksak insoniy fazilatlar, sofdillik, ziyraklik, odamiylik va
boshqalarga ega boʻlishni taqozo etadi.
Description:
Ma’lumki, OITS davosi hali topilmagan, buni barcha yaxshi biladi. Bu darddan aziyat chekayotganlarning ko’pchili
gi noto’g’ri yo’llarda yurganligi oqibatida bu hastalikni yuqtib olganlar. Ularning ko’pchiligi: “Faqat men ksal bo’la
manmi boshqalar ham kasal bo’lsin“ deb o’ylaydi. Eng kata muammo esa mana shunda. Biz bo’lg’usi shifokorlar bun
day bemorlar bilan muloqotda bo’lish chog’ida o’zimizni har doimgi holatda hamda ortiqcha mehribonchiliklarsiz
(chunki bu bemorlarning g’ashiga tegadi va kasalim juda og’ir ekan deb o’ylashiga sabab bo’lishi mumkin), ayniqsa
jirkanmasdan, yumshoq va chiroyli muomalada bo’lishimiz hamda bu uslubni qo’l ostimizda bo’lgan xodimlar – ham
shiralarga ham o’rgatishimiz juda muhim hisoblanadi. Sababi o’rta tibbiyot hodimlari bemorlarda turli manipulyatsi
yalarni bajaradilar bu esa ikka ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki onda-sonda OITS markazida ishlovchi hodimlarn
ing OITS bilan kasallanib qolganligini eshitamiz. Sababini tagiga yetganimizda esa hayratdan yoqa ushlaymiz . Bir
marta hamshira bemorga inyeksiya qilayotganda jirkangani uchun bemor qo’lidagi shiprist ninasini sug’urib ham
shiraga sanchib olgan. Natija esa afsuslanarli. Bu holatda bemorning ham aybi bor qaysidir ma’noda lekin o’sha ham
shira o’z burchini to‘g‘ri bajarganda bu holat balki ro‘y bermasdi