Abstract:
Maqolada prospektiv tibbiy tadqiqotlar, xususan kogort va klinik
tadqiqotlarning natijalarini baholash uchun keng foydalaniladigan absolyut va nisbiy
xavf koʻrsatkichi hisoblash tartibi, uni qoʻllash mumkin boʻlgan va mumkun
boʻlmagan holatlar bayon etilgan. Nisbiy xavf koʻrsatkichi qanchalik katta boʻlmasin,
yuqori va pastki chegarasini baholamasdan turib uning ishonchliligi haqida fikr
yuritish xato boʻladi. Davolash usullari va dori vositalari ustidan tadqiqot olib
borilganda nisbiy xavf bilan birga nisbiy xavfning kamayishi va davolanish kerak
boʻlgan bemorlar sonini aniqlash olingan natijalarni yanada asoslashga xizmat qiladi.
Maqolada nisbiy xavf koʻrsatkichining xatoligini, yuqori va pastki chegarasini, nisbiy
xavfni kamayishi, davolanish kerak boʻlgan bemorlar soni ko‘rsatkichining mazmun
mohiyati va ularni hisoblash usullari misollar asosida yoritib berilgan.