Abstract:
Revmatoid artirt (RA) immun yallig'lanish xarakteriga- surunkali eroziv artrit rivojlanishi va ichki a'zolarning tizimli zararlanishi bilan kechadi hamda bemorlarning hayot sifati va davomiyligiga ta'sir ko'rsatadi. Revmatoid artritni davolashdan asosiy maqsad kasallikda remissi- yaga erishish va bemorlarni hayot sifatini yaxshilash his- oblanadi. Ammo kasallikga ta'sir etuvchi bazis yallig'lan- ishga qarshi dori vositalari (BYaQDV) va gen injeneriyasi asosida yaratilgan biologik preparatlar bilan davolan- gan revmatoid artiritli bemorlarda remissiya faqatgina 20-40% hollardagina erishiladi, bemorlarning aksari- yati kasallikdan to'liq remissiyaga erishmaydilar. Rivo- jlangan mamlakatlarda revmatoid artrit 0,5% dan 1,8% gacha (keksalarda 5% gacha) uchraydi. Har yili 100000 aholidan o'rtacha 5 dan 50 kishigacha revmatoid ar- tit aniqlanadi. Ular orasida ayollar erkaklardan 5 marta ko'pni tashkil qiladi. Revmatoid artritning erta bosqich- ilaridanoq bemorlar qondagi lipid almashinuvi ko'rsat- kichlarida o'zgarishlarni aniqlash mumkin