Abstract:
Tadqiqotning maqsadi qandli diabet 2-turi (QD) bilan kasallangan, hali gipoglikemik davo boshlanmagan
bemorlarda ichak mikrobiotasining tarkibiy o‘zgarishlarini, hamda ushbu o‘zgarishlarning tana vazni indeksi (TVI), bel
aylanasi va glikirlangan gemoglobin (HbA1c) darajalari bilan bog‘liqligini baholash. Natijalar. Bemorlarning
aksariyatida ortiqcha vazn va semizlik kuzatildi (TVI o‘rtacha 32,14±3,74 kg/m²). TVI darajasi ortishi bilan Akkermansia
muciniphila miqdori pasaydi (ortiqcha vaznda 6,87 lg, 3-darajada 4,67 lg). Faecalibacterium prausnitzii va
Bifidobacterium spp. ko‘rsatkichlari ham TVI ortishi bilan kamaydi. Davolanishdan oldingi qandli diabet 2-turi
bemorlarida ichak disbioz holati shakllangan bo‘lib, u semizlik darajasi va metabolik nazoratning yomonlashuvi
(HbA1c ≥8,5%) bilan kuchayadi. Foydali, qisqa zanjirli yog‘ kislotalarini ishlab chiqaruvchi va shilliq qavatni
himoyalovchi bakteriyalar kamayishi hamda shartli-patogen flora ortishi qandli diabetda metabolik buzilishlarning
mumkin bo‘lgan mexanizmlaridan biri sifatida qaralishi mumkin