Abstract:
Tizimli qizil bo otning dolzarb muammolaridan bo ʻricha (TQB) hozirgi kunda tibbiy ʻlib kelayot- -
gan, dunyo boʻylab keng tarqalgan kasalliklardan biri
hisoblanadi. Tizimli qizil bo‘richa (TQB) 100 000 aholining 48-250 tasini tashkil qilib, birlamchi zararlanish
har bir yil hisobiga 1 mln aholiga 50-70 taga oshib borishi kuzatilmoqda [2]. Bu ushbu kasallikning tez koʻpayib
borayotganligini koʻrsatadi. So‘nggi o‘n yilliklarda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida buyrakni almashtirish
terapiyasiga (gemodializ va transplantatsiya) muhtoj bemorlar sonining tez o‘sishi kuzatilmoqda. Bunday holatning sababi buyrakning qaytarilmas patologiyasiga olib
keladigan kasalliklar tarqalishining ko‘payishidir. Tizimli qizil boʻricha koʻproq ayollarda uchrashi xarakterli boʻlib, bemorlarda 30-60% holatlarda buyraklarning
zararlanishi va erta asoratlar tez rivojlanishi kuzatiladi.