Abstract:
Maqsad: tizimli qizil bo'richa bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanishining klinik, laborator va immunologik ko'rsatkichlarini har tomonlama baholash hamda ularning erta diagnostika uchun ahamiyatini aniqlash. Material va usullar: tizimli qizil bo'richa tashxisi qo'yilgan 30 nafar bemorning klinik va laborator ma'lumotlariga asoslangan bo'lib, unda siydikdagi oqsil miqdori, kreatinin, mochevina, C3 va C4 komplement komponentlari, anti-dsDNA hamda C-reaktiv oqsil ko'rsatkichlari o'rganildi. Natijalar: bemorlarda buyrak shikastlanishining (lupus nefritining) faolligi immunologik markerlar (anti-dsDNA darajasining oshishi, C3 va C4 komplementlarining pasayishi) hamda buyrak filtratsiya qobiliyatining buzilishini aks ettiruvchi laborator ko'rsatkichlar bilan uzviy bog'liqligi aniqlandi. Xulosa: tizimli qizil bo'richada buyrak shikastlanishini erta aniqlash va asoratlarning oldini olish uchun immunologik hamda bioximiyaviy markerlarni muntazam va dinamik monitoring qilish zarurligi ko'rsatildi.