Abstract:
Uslubiy tavsiyanoma bolalar pulmonologlari, bolalar allergologlari,
pediatrlar, umumiy amaliyot shifokorlarining amaliyotida bronxobstruktiv
sindrom bilan kechadigan kasalliklarni (o‘tkir obstruktiv bronxit, o‘tkir bronxiolit,
qaytalanuvchi bronxit, bronxial astma) erta aniqlash, o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxislash
va davolash standartlari bo‘yicha davolash, profilaktika, reabilitatsiya usullariga
bag‘ishlangan. Birlamchi bo‘g‘in oilaviy shifokorlik punkitida, bolalar
shifoxonalari sharoitida ushbu kasalliklarni (O‘OB, O‘B, ROB, BA) erta aniqlab,
differensial tashxislashda korrelyatsion bog‘liklikni aniqlash va davolashni to‘g‘ri
tashkil etishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu uslubiy tavsiyanoma BOS bilan
kechadigan kasalliklarni oldini olish, profilaktika choralarini ko‘rish va bemor
bolalarni kasallikni qaytalanuvchi shakliga o‘tishini oldini olishga xizmat qiladi.
Ushbu tavsiyanomada O‘OB, O‘B, ROB, BA kasalliklarini Surxondaryo
viloyati tumanlari doirasida tahlil qilish, tashxislashda differensial yondashuv
samaradorligini oshirish, kasalliklarni profilaktikasini takomillashtirish, bolalar
pulmonologiya va allergologiya bo‘limlari tibbiy xizmat sifatini
optimallashtirishda amaliy-ilmiy ahamiyatga ega.