Abstract:
Tish qatori tremalari stomatologiya amaliyotida uchraydigan muhim klinik holatlardan biri hisoblanadi. Trema – tishlar orasidagi patologik bo‘shliq bo‘lib, u nafaqat estetik nuqson, balki parodont to‘qimalaridagi morfofunksional barqarorlikning buzilishiga ham olib kelishi mumkin [1,2,9]. Kontaktning yo‘qolishi, ortiqcha yuklanish, mikrobiotsenozning o‘zgarishi, to‘qimalarning mikrotravmatizatsiyasi va oziq-ovqatning qiyinlashishiga sabab bo‘ladi. Shuning natijasida parodontit kasalliklar rivojlanish xavfi ortib, funksional buzilishlar yuzaga chiqadi [5,6-8,10].