Abstract:
Ushbu adabiyotlar taxlilida oxirgi yillardagi(2012-2022) quturish virusining odamlardagi
patogenezi, yuqish yo‘llari, zamonaviy tashxis usullari, keng qo‘llanilib kelinayotgan vaksinatsiyalar, davolash va
tashxis qo‘yishda qo‘llanilayotgan serologik, molekulyar biologik, immunologik, usullarning axamiyati, ularning
imkoniyatlari va afzalliklari to‘g‘risida keng ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, Rapid Fluorescent Focus Inhibition
Test (RFFIT), ELISA, viral RNA-RT-PCR, immunofluorescent test (dFAT), mouse inoculation test (MIT), shuningdek
bemorlarda o‘tkazilgan ko‘plab klinik sinovlar natijasida bir nechta vaksinalar va farmakologik vositalar
samaradorligi yuqori bo‘lib turibdi masalan, Rabisin™, Recombitek®C6/CV, Recombitek®C8, SPBN GASGAS, SAD L16
hamda bir qancha immun kuchaytiruvchi vositalar shular jumlasidandir.