Abstract:
Ushbu maqola o‘tkir appenditsitning diagnostikasi va davolash usullariga bag‘ishlangan bo‘lib,
Germaniyadagi amaliyotlarga alohida urg‘u berilgan. Diagnostika jarayonida ultratovush, kompyuter tomografiyasi
(KT) kabi usullar qo‘llaniladi. Laparoskopik appendektomiya yangi inavatsiyon usul bo‘lib, ochiq jarrohlikka
qaraganda kamroq asoratlar bilan kechadi. Shuningdek, kasallik etalogiyasi (Escherichia coli, Bacteroides,
Peptostreptococcus, Pseudomonas, Enterokokklar), konservativ davolash usullari, ya’ni antibiotik terapiyasida
(penitsillin, xinolonlar, sefalosporin) samaradorligi bayon qilingan. Murakkab appenditsitni operatsiya vaqtida
topilgan (flegmona, erkin suyuqlik, xo‘ppoz) va birga keladigan yo‘ldosh kasalliklarga bemorni klinik holatini
og‘irlashtirish mumkin. Operatsiyadan keyingi asoratlarning umumiy darajasi, bolalar, homilador ayollar va
qariyalarda appenditsitni tashxislash va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi.