Abstract:
Ushbu uslubiy tavsiyanoma tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar va pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan yosh tadqiqotchilar uchun metodik qo‘llanma sifatida mo‘ljallangan. Unda biofizika fanini o‘qitishning zamonaviy metodlari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash shakllari, ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari va ularning amaliy samaradorligi yoritilgan.