Abstract:
Miopiya- parallel nurlarning bosh fokusi to‘r parda oldida joylashsa, miopiya ya’ni yaqindan
ko‘rish deyiladi. Ko‘zning refraksiya anomaliyasi bo‘lib,
bunda yaqindagi narsalar yahshi, uzoqdagi predmetlar
esa xira ko‘rinadi[1]. Miopiyaning uchta darajasi yengil
daraja- sph(-) 0.25-3.0D, o‘rta daraja sph(-)3.0-6.0D,
yuqori daraja sph(-)6,0-20D mavjud [2]. Yolg‘on miopiya ya’ni spazm akkomadatsiada esa ko‘z refraksiyasining
zo‘rayib ketishi natijasida uzoqni ko‘rish pasayib, yaqindan ko‘rish ko‘payadi, kipriksimon tana doira muskullari normadan ortiq qisqarib toliqishi natijasida yuzaga keladi [6]. Miopiyasi bor bo‘lgan sportchilar shifokor
oftalmolog nazoratida bo‘lishlari kerak, chunki turli
sport bilan shug‘ullanish jarayonida sport bilan bog‘liq
jarohatlar olishlari ehtimoldan holi emas [3]. Miopiya qaysi darajasida bo‘lishidan qatiiy nazar ko‘z tubida
o‘zgarishlar asoratlar mavjud bo‘lsa sport bilan shug‘ullanish mumkin emas [4]. Miopik ko‘zli sportchilar kontakt linzalar yoki ko‘z oynaklardan foydalangan holda
sport bilan shug‘ullanishga ruhsat beriladi