Abstract:
Homilador ayollarda surunkali arterial gipertenziya (SAG) muammosining dolzarbligi uning tarqalish foizining oshib borayotganligi va ona va homila uchun oqibatlarining og'irligi bilan bog'liq. Surunkali gipertenziya barcha homiladorlikning taxminan 3% ni tashkil etadi va homiladorlikda quyidagi asoratlar xavfining ortishiga sabab bo'ladi: preeklampsiya, homila o'sishini cheklash, erta tug'ilish va o'lik tug'ilish bilan bog'liq bo'lgan asoratlar va ular jami surunkali arterial gipertenziyasi bor homilador ayollarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlarning 25-28% ni tashkil etadi [1].