Abstract:
Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, anamnezida homila nuqsonlari va homila o’sishdan to’xtash holati bo’lgan ayollarda pregravidar davrda metilfolat va B guruh vitaminlarini qo’llash ko'rsatkichlarni sifat jihatidan ham, miqdoriy jihatdan ham normallashtirishga imkon beradi, shuningdek, homila nuqsonlari, rivojlanmagan homiladorlik, shuningdek gipergomosisteinemiyaga xos bo'lgan homiladorlik asoratlarini rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.Homiladorlik paytida metilfolatning kofaktorlar bilan saplementatsiyasi rivojlanmagan homiladorlikni 1-guruhda 6,6 marta, 2- guruhda 17,5 marta, platsenta disfunktsiyasini 1-guruhda 2,5 marta va 2-guruhda 1,5 marta kamaytirishga imkon berdi.