Abstract:
Allergik va surunkali kasalliklar yer yuzidagi eng keng
tarqalgan yuqumli bo‘lmagan kasalliklar orasida yuqori o‘rinni egallaydi. Bu dunyo
aholisining taxminan 35-40 foizida uchraydi. Keyingi 10 yil ichida dunyoda allergik
kasalliklar bilan kasallanish ikki barobarga oshgani alohida tashvish uyg‘otadi.
Bunga ekologik muammolar, noto‘g'ri ovqatlanish, ortiqcha dori-darmonlar va
jismoniy mashqlar etishmasligi kabi omillar sabab bo‘ladi. Aytish joizki, bugungi
kunda PM dispers zarralari va havoning ifloslanganlik darajasi allergik va nafas
yo‘llarining surunkali kasalliklarining kelib chiqishiga asosiy sababchilardan bo‘lib
qolmoqda[1]
. Rossiyaning turli mintaqalarida, allergik kasalliklarning tarqalishi 15
dan 35% gacha. Dunyo aholisining taxminan 40% kamida bitta proteinga sezgir,
dunyo aholisining 10 dan 30% gacha allergik rinit va 10% gacha dorilar
allergiyasidan aziyat chekmoqda[2]. Allergiya eng keng tarqalgan surunkali kasallik
hisoblanadi. Ushbu kasallikning ba’zi shakllari dunyo aholisining 10 dan 40
foizigacha ta’sir qiladi va 2025-yilga kelib bu kasallikka chalinganlar soni 50
foizgacha oshishi mumkin